$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 2025-yildan ish haqi, pensiya va nafaqalar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda

Oylik Xabar

Yanvar oyidan boshlab ish haqi, pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanib, inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Bugun, 26-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida“gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Maoshlar inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan ma’lumotlarni ochiqladi. Vazirning ta’kidlashicha, 2025-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgan, shu jumladan ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash hamda inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish ko‘zda tutilgan. Inflyatsiya darajasi esa 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish uchun 20 trln. so‘m

Ma’lum qilinishicha, loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolinmoqda. Xususan, kambag‘allikni qisqartirishga jami 20 trln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar loyihada o‘z aksini topgan.

Теги :
Jamiyat