$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Oyda yashash imkoniyatini o‘rganish boshlandi

Oy

Yaponiyaning eng qadimgi milliy universitetlaridan biri bo'lgan Kioto universiteti qoshidagi Kosmosdagi inson faoliyatini o'rganish markazi mutaxassislari va Kajima korporatsiyasi Lunar Glass NEO qo'shma loyihasini ishga tushirishdi.

Tadqiqot kosmosda yashash uchun 3 ta asosiy omilni o‘rgandi

Kioto universiteti va Kajima korporatsiyasi oʻrtasida 2022-yilda “Oy va Marsdagi sunʼiy tortishish yashash imkoniyatlari” nomli qoʻshma tadqiqot eʼlon qilingan edi. Tadqiqot kosmik yashash uchun zarur boʻlgan uchta asosiy tushunchani aniqladi va ishlab chiqdi: sunʼiy tortishish, cheklangan ekotizim va sunʼiy tortishish transporti tizimi.

Barcha zarur konsepsiyalar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi

Barcha zarur konsepsiyalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun tadqiqot quyidagi bosqichlarga yo'naltiriladi: obyektlarning tuzilishi va dizaynining texnik jihatdan maqsadga muvofiqligi, inson hayoti uchun yaroqliligi, inson organizmiga ta'sirini baholash, shuningdek, Oyda yashash uchun obyektlarni yaratish doirasida ularni keyinchalik ishlatish maqsadida yopiq ekotizimlarni yaratish.

"Tadqiqotning maqsadlaridan biri ham Yerda xuddi shunday obyektni yaratishni boshlashdan iborat", – deyiladi hujjatda.

Oyda qanday qurilish materiali ishlatiladi?

Video taqdimotga ko‘ra, Oydagi “rezidensiya” shakli bo‘yicha paraboloidga o‘xshagan va dumaloq poydevorga o‘rnatilgan shisha buyum bo‘ladi. Inshootning diametri taxminan 200 metrni, balandligi esa 400 metrni tashkil etadi, bu esa 10 ming kishigacha yashashi uchun sharoit yaratadi. Aylanish tufayli obyekt ichida sun'iy tortishish hosil bo'ladi, turar-joy binolari esa ushbu inshootning devorlari bo'ylab joylashadi.

Теги :
Jamiyat