$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 208 taga, talabalar esa 1,4 millionga yetdi

otm0

Bugun AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida o‘tkazilgan matbuot brifingida 2024-yilda mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Xalqaro hamkorlik va reytinglardagi yutuqlar

2024-yilda qamrab olingan yoshlar va oliy ta’lim tizimidagi raqamlar

Respublikamizda bugungi kunda 208 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda, talabalar soni esa 1,4 milliondan oshdi. Ta’lim yo‘nalishlarini maqbullashtirishga katta e’tibor qaratilib, bakalavriat yo‘nalishlari 40 foizgacha optimallashtirildi. Natijada, 183 ta yo‘nalish va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari tasdiqlandi. 1 278 ta o‘quv rejasi va 4 000 dan ortiq o‘quv dasturlari yangi standartlarga moslashtirildi. 

Brifingda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan dasturlar va nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik alohida e’tirof etildi. Xususan:

• 39 ta dastur xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

• Top-500 oliygoh bilan hamkorlikda 15 qo‘shma dastur tashkil etildi.

• “QS” reytingida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti TOP-1000 talikdan joy oldi.

• Times Higher Education reytingida esa Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ushbu nufuzli ro‘yxatda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Kadrlar tayyorlash va xorijiy tajribalar jalb etilishi

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida xorijiy tajribalar o‘quv jarayoniga keng joriy qilindi. 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirgan bo‘lsa, 2 510 xorijiy mutaxassis yurtimizda ta’lim jarayoniga jalb etildi. Kasbiy ta’lim tizimi orqali 169 195 nafar yoshlar qamrab olinib, 14 673 nafar ishsiz fuqarolar kasbga o‘qitildi.

2024-yilda ilmiy izlanishlar uchun 161,5 milliard so‘m miqdorida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilib, 291 ta loyiha amalga oshirildi. Yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida 277 nafar olimlar xorijiy tashkilotlarga ilmiy stajirovkaga yuborildi.

Talabalar uchun infratuzilmalar

Oliygohlarda 27 364 o‘rinli yangi talabalar turar joylari va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 30 mingdan ortiq daraxt va butalar ekilib, “Ziyolilar bog‘lari” tashkil etildi.

Qo‘shimcha transport imkoniyatlari

Brifingda 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar ta’til e’lon qilingani va ushbu davrda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha poyezd va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Brifing davomida ta’lim va ilm-fan rivoji yo‘lida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bunday keng qamrovli natijalar davlatimizning bu yo‘nalishdagi yuksak intilishlaridan dalolat ekani ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat