Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Buxoroda o'z farzandini sotmoqchi bo'lgan ota-ona qo'lga olindi

Ota-ona chaqaloqning narxini 7000 AQSh dollari qilib belgilagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda o'z farzandini sotmoqchi bo'lgan ota-ona qo'lga olindi

Ma'lum bo'lishicha, voqea 2023-yilning dekabr oyida sodir bo'lgan. H.J. hamda M.M. lar shar'iy nikohdan o'tishgan bo'lib, Buxoro shahridagi ko'p qavatli uylardan birida ijarada yashab kelayotgan bo'lishgan. Ular noyabr oyida farzandlari M.Y. ni keltirishgan. Ular farzand katta qilish mas'uliyatidan qochishgan va oson boylik orttirish maqsadida hali tug'ilganiga 2 oy to'lmagan go'dakni sotishga harakat qilishgan.

"400 dollar nasiya"

Ularga "xaridor" sifatida R.N. va M.Q. lar bolani sotib yuborish evaziga 7000 AQSh dollari talab qilishgan. Miqdor kelishilganidan 400 dollar kam pulni qo'lga kiritishayotganda, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo'lga olingan", - deydi Jinoyat ishlari bo'yicha Buxoro shahar sudi sudyasi Jo'rabek Tojiyev.

Shuningdek, avvaliga o'z ayblarini tan olmagan sudlanuvchilar ovoz yozuvlari hamda uni isbotlovchi dalillar oshkor qilingach, tan olishgan. 

Ota-onaga hukm

Buxoro shahar sudyasining bergan ma'lumotiga ko'ra, sud hukmi bilan sudlanuvchilar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan aybli deb topilgan. Chaqaloqning onasi M.M. ga 5 yil, otasi H.J. ga 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.