$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 2-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Xorijdagi konsullik muassasalarimiz tomonidan 192,5 mingdan ortiq murojaat qabul qilingan 

Xorijdagi fuqarolarimizning haq-huquqlarini himoya qilishda chet mamlakatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari faoliyati muhim o‘rin tutadi. Shu yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan 192 ming 533 ta murojaat qabul qilingan hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan.

Murojaatlardagi masalalar yuzasidan 130 ming 807 ta konsullik harakatlari amalga oshirilgan.

Qoraqalpog‘istonda imzo yig‘ish jarayonlari boshlandi

26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi 2024 yilning 27 oktyabr kuni deb belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati saylovida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo to‘plash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Alisher Yusupov chorak finalda

Parij shahrida o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining dzyudo bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Bugun, 2 avgust kuni ushbu sport turi bo‘yicha vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan polvonlar tatamiga chiqdi.

Ushbu vazn toifasidagi hamyurtimiz Alisher Yusupov o‘z ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. Ushbu bosqichda unga slovakiyalik Marius Fizel qarshilik ko‘rsatdi. Bu bahsda Alisher polvon zafar quchgan holda chorak finalga yo‘l oldi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun tojikistonlik Temur Rahimov bilan bellashadi.  

“Milliy suvenirlar” festivali 

Buxoro shahrida ichki turizm yarmarkasi hamda “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yarmarka va festival mavjud turizm ob’ektlariga aholini keng jalb qilish, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste’molchilarga tanitish, qolaversa, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadiga qaratilgan.

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari, korxona va tashkilotlar hamda turoperator va turagentlar o‘zlarining turistik dasturlari va tijorat takliflari bilan ishtirok etdi.

Теги :
Jamiyat