$
 12199.10
30.12
 14585.24
-2.93
 160.49
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning eng mazali taomlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston qaysi pog‘onada?

taom

Har bir xalq o‘z taomini eng mazali deb biladi. Ammo xalqaro reytinglar ba’zan bu tasavvurni o‘zgartirib yuboradi. World Population Review 2025-yilgi eng mazali taomlarga ega davlatlar reytingini e’lon qildi. Xo‘sh, ushbu reytingda O‘zbekiston ham mavjudmi?

Eng mazali oshxonalar o‘zgarmadi

World Population Review e’lon qilgan yangi reytingga ko‘ra, yunon oshxonasi yana dunyodagi eng mazali taomlarga ega deb topildi. Ikkinchi o‘rindan Pizza, pasta va pishloqlari bilan mashhur bo‘lgan italyan oshxonasi Italiya oshxonasi joy oldi. Uchinchi pog‘onani esa achchiq va rang-barang ta’mlari, turli souslari bilan tanilgan Meksika taomlari egalladi. Kuchli o‘ntalikda Turkiya, Ispaniya, Portugaliya, Indoneziya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy ham bor. Bu davlatlarning oshxonalari 2025-yilda eng yuqori baholarga sazovor bo‘lgan.

MDH davlatlari qaysi o‘rinlarda?

Reytingda jami 99 ta davlat baholandi. Rossiya ushbu reytinda 34-o‘rinni egallab, MDH davlatlarining ko‘pchiligini ortda qoldirdi. Gurjiston esa 30-o‘rinda qayd etilgan. Ukraina 43-o‘rinda, Belarus 75-o‘rinda, Litva 39-o‘rinda, Latviya esa 78-o‘rinda joylashgan. Ozarboyjon 56-o‘rindan joy oldi. Armaniston va Qozog‘iston esa eng oxirgi pog‘onalardan — 92 va 93-o‘rinlardan joy oldi.

O‘zbekiston nega ro‘yxatdan chiqdi?

2024-yilda past o‘rinlarni egallagan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Moldova 2025-yilgi reytingda umuman ko‘rinmadi. Reyting taxminan 400 ming kishining shaxsiy fikri va baholarga asoslangan. Mutaxassislar “eng mazali taom” tushunchasi juda subyektiv bo‘lib, u ko‘proq did va odatlarga bog‘liq ekanligini ta’kidlashmoqda. Shu bois reytingdan chiqish o‘zbek oshxonasi yomonlashganini emas, balki dunyo didi va baholash uslublari o‘zgarayotganini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat