$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

"Tirilayotgan Orol" – Shimoliy Orol dengizida suv hajmi oshdi

orol den

Qozog'iston suv resurslari va irrigatsiya vazirligi Shimoliy Orol dengizi suv sathi haqida ma'lumot berdi.

Taqsimot yig'ilishi

Vazirlikning ma'lum qilishicha, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekitonni o'z ichiga oluvchi Davlatlararo suv xo'jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 2024-yil 11-12-aprel kunlari Chimkentda o'tkazilgan 86-yig'ilishida tomonlar sug'orish mavsumida Shimoliy Orol dengiziga 997 million kub metr suv oqib kelishiga, oqim soniyasiga 30 kub metrdan kam bo'lmasligiga kelishib olingan edi. 

Orolda suv ko'paymoqda

Ma'lumot uchun, bir yil avval oqim soniyasiga 6 kub metrni tashkil qilgandi. Yil boshidan boshlab esa Shimoli Orol dengiziga 1,1 mlrd kub metr suv keldi. Shu tariqa bugungi kunda Shimoliy Orolda suv hajmi 21,4 mlrd kub metrni tashkil qilmoqda", – deydi vazirlik o'z xabarida.

Yangi to'g'on qurilishi suv hajmining ortishiga sabab bo'lgan

Ma'lum bo'lishicha, Shimoliy Orolni Janubiy Oroldan ajratib turuvchi Ko'korol to'g'onining foydalanishga topshirilishi Shimoliy Orolda suv sathining ko'tarilishiga xizmat qilgan. 

"To'g'on foydalanishga topshirilganidan buyon bugungi kungacha Sirdaryodan Shimoliy Orolga 46,6 mlrd kub metr suv keldi. Bu ko'rsatkich natijasida so'nggi yetti yilda dengizga 13,3 mlrd kub metr suv quyildi. Oxirgi yillarda Shimoliy Orolda suv hajmi kamayib bordi, ammk 2024-yildan u yana ko'payishni boshladi va hozir 21,4 mlrd kub metrga yetdi", – deydi Qozog'iston suv resurslari va irrigatsiya vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.

Shuningdek, ma'lumotlarga ko'ra, Sirdaryo oqimining 75 foizi – Qirg'izston, 20 foizi – O'zbekiston, 5 foizi – Qozog'istonda shakllanadi.

Теги :
Жамият