$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Orol dengizidagi suv hajmi 42 foizga oshdi

Orol

Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov suvning sho‘rligi to‘rt baravarga kamayganini ma’lum qildi.

Orol qaytmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, shimoliy Orol bir necha bosqichlarda tiklanmoqda. Birinchi fazada suv hajmi 27 mlrd. kub metrga yetgan. Shuningdek, suvning sho‘rligi to‘rt baravarga kamaygan. Bundan tashqari, baliq ovlash hajmi ham yiliga 8 ming tonnaga yetgan. Bu haqda Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov. Ma’lumot uchun, 2024-yilda Orolga qariyb 2,6 milliard kub metr suv yuborilgan. 2022-yilda esa jami 816 mln. kub metr suv kelib tushgan.

Moliyalashtirish ishlari

Avvalroq Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda Shimoliy Orol dengizini saqlash loyihasining ikkinchi bosqichini ilgari surgan edi. Rejalarda Orol dengizining qurigan tubiga saksovul ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqichda ushbu sohalarda turli tashabbuslar va tajriba loyihalari moliyalashtiriladi. Ma’lum qilinishicha, qurilishning texnik-iqtisodiy asoslari davlat ekspertizasidan o‘tkazilayotgani bois, aniq moliyalashtirish miqdori hali ham aniqlanmoqda. Barcha xarajatlarning hisob-kitoblari Qozog‘iston standartlariga mos keladi. Loyiha qiymatining 85 foizini Jahon banki, 15 foizini Qozog‘iston moliyalashtirishi oldindan muhokama qilingan.

Теги :
Jamiyat