$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qamoqdagi jarrohlik

operation

Qamoqdagi jarrohlik

Mahkumlar jazo muddatini o‘tayotgani bilan ularda ma’lum bir huquqlar ham mavjud.

Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi 

Qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarda ham turli huquqlar mavjud, ulardan biri esa tibbiy muolajalardir. Ular doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turiladi va sog‘ligida muammosi bor bo‘lgan mahkumlarga kerakli tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi.

1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli kasalxonada ham mahkum operatsiya qilindi.

Temir panjara ortida tibbiy operatsiya

Bu kasalxonada panjaralar ortida va unda birinchi marotaba rinoplastika operatsiyasi o‘tkazildi. 

28 yoshli bemorning burni qiyshiq bo‘lgan va shu sababli u nafas olishga juda qiynalgan. Bu qiyshiqlik oqibatida bosh miya gipoksiyasi va bosh miya ichi bosimi ortib ketib u uxlay olmay qolgan.

Bemorda umumiy og‘riqsizlantirish ostida renoseptolastik amaliyoti o‘tkazildi va ijobiy yakunlandi.

Ilk bor bu turdagi operatsiya

Bu turdagi operatsiya qamoqxona devorlari ortida ilk bora o‘tkazildi va unda 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari hamda Tosheknt tibbiyot akademiyasi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinika mutaxassislari ishtirokida etishdi.