$
 12654.13
67.72
 14817.99
59.17
 161.18
0.76
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yil uchun “Ochiq byudjet” loyihalari taqvimi e’lon qilindi

open

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2025-yil uchun “Ochiq byudjet” loyihalari taqvimi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, loyihalar bir nechta mavsumlarda amalga oshiriladi.

“Open budjet”ning birinchi mavsumi

Birinchi mavsum 1-fevral kuni start oladi. Loyihalarni kiritish jarayoni 20-fevralga qadar davom etadi. Kiritilgan loyihalar 21-fevraldan 7-martgacha saralanadi. Saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar 8-martdan targ‘ib qilinadi. Ovoz berish esa 11-martdan 20-martgacha o‘tkaziladi. Birinchi mavsumning natijalari Navro‘z bayrami munosabati bilan 21-mart kuni e’lon qilinadi. Ushbu mavsum jami 48 kun davom etadi.

Ikkinchi mavsum

Ikkinchi mavsum 15-iyuldan boshlanadi va 3-avgustgacha loyihalarni qabul qilish jarayoni davom etadi. Kiritilgan loyihalar 4-avgustdan 18-avgustga qadar saralanadi. Targ‘ibot ishlari 19-avgustdan start oladi va ovoz berish 22-avgustdan 31-avgustga qadar davom etadi. Ikkinchi mavsumning natijalari esa 1-sentyabr kuni, Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Boshqa loyihalar

Bundan tashqari, yil davomida “Mening bog‘im”, “Mening bog‘cham” va “Mening maktabim” kabi maxsus loyihalar ham amalga oshiriladi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 1-apreldan 10-aprelgacha loyihalarni kiritish amalga oshiriladi. 11-apreldan 20-aprelgacha saralash bosqichi davom etadi. Ushbu loyihalar bo‘yicha ovoz berish esa 21-apreldan 30-aprelgacha o‘tkaziladi. “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayonlari 1-iyundan 10-iyungacha davom etadi.

“Mening maktabim” loyihasi uchun loyihalarni kiritish 1-oktyabrdan 10-oktyabrgacha davom etadi. 11-oktyabrdan 20-oktyabrgacha saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 21-oktyabrdan boshlanib, 30-oktyabrda yakunlanadi.

Теги :
Jamiyat