Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Quvayt O'zbekistonda onkologik kasalliklarni erta aniqlash markazi qurmoqchi

Quvayt kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev bilan muzokara o‘tkazdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiy markaz va xodimlar tayyorlash

Quvayt Toshkent viloyatida onkologik kasalliklarni erta aniqlash markazini qurmoqchi. Bunda Toshkent viloyatida onkologik kasalliklarni erta aniqlash bilan bog‘liq diagnostika markazini qurish, shuningdek, bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun tibbiyot muassasasini barpo etish mo‘ljallangan.

Investitsiyalar bo'yicha uchrashuv

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Quvaytning Gulf General Trading Co. Ltd. kompaniyasi ishchi guruhi bilan Toshkent viloyatiga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Quvayt kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev bilan muzokara o‘tkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Hamkorlarga barcha ma'lumotlar berildi

Toshkent viloyatida xorijiy investorlarga uchun yaratilgan sharoitlar, taklif etilayotgan loyihalar va boshqalar haqidagi batafsil ma’lumotlar Quvayt tomoniga yetkazildi.

Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va unga investitsiyalar kiritish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.