$
 12880.35
-29.8
 14535.47
-125.3
 156.68
-3.1
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Endilikda Ombudsmanga qonunchilik tashabbusini kiritish imkoniyati berilmoqda

Ombudsman

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ombudsman tomonidan axborot taqdim etish tartibi

Ombudsmanning institutsional asoslarini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasida Ombudsman institutiga qo‘shimcha kafolatlar berish taklif etilmoqda.

Jumladan, Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi nazarda tutilmoqda. Davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis palatalariga axborot taqdim etish tartibi mustahkamlanyapti.

Qonunchilik palatasiga qonun tashabbusi kiritish huquqi

Ombudsman tomonidan har yili 15-martga qadar Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza taqdim etish ko‘zda tutilmoqda. Ombudsmanning qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi belgilanmoqda.

Bir shaxs ikki martadan ortiq Ombudsman etib saylanmaydi

Shu bilan birga, ayni bir shaxsning ikki martadan ortiq Ombudsman etib saylanishiga yo‘l qo‘yilmasligi, Ombudsman va uning o‘rinbosarining o‘z vakolat muddati davrida daxlsizligi bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar, Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakili maqomi qonun loyihasida aks etmoqda.

Ombudsman tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish nazarda tutilmoqda.

Ombudsman lavozimiga kim saylanadi?

Majlisda qayd etilishicha, Ombudsman lavozimiga oliy ma’lumotli, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, saylanish kuni 30 yoshdan kichik bo‘lmagan va bevosita saylovgacha kamida besh yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkinligini belgilovchi qoida ham kiritilmoqda.

Bu Ombudsman imkoniyatlarini kengaytiradi

Qonun loyihasi bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishi holati to‘g‘risida Ombudsman tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va mexanizmi belgilanmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Ombudsman faoliyatini yanada takomillashtirishga, uning inson huquqlarini himoya qilish, xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Теги :
Jamiyat