$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimpiada o‘yinlari medallar reytingida vaziyat qanday?

Olimpiada medallari

Olimpiada o‘yinlari yakunga yaqinlashishi qadar qizib bormoqda. Shu jumladan, o‘zbekistonliklar uchun ham eng hayajonli va unitilmas onlar seriyasi yaqinlashib kelmoqda. Ko‘plab bosqichlar va tanaffuslarga ega sport tulralrining so‘nggi bosqichlari boshlanish arafasida. Ortda qolgan o‘n kunlik musobaqalar yakunidan keyin umumiy medallar reytingida turlichcha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Top-3

Dastlabki dekadadan so‘ng Amerika Qo‘shma Shtatlari 21 ta oltin, 30 ta kumush va 28 ta bronzani qo‘lga kiritib, medallar jamg‘armasi bo‘yicha peshqadamga aylangan. Ikkinchi o‘rinda 21 oltin, 18 kumush va 14 bronza medali bilan Xitoy joylashgan. Kuchli uchlikni 13 oltin, 16 kumush va 18 bronza medali bilan mezbon yurt, Fransiya yakunlab turibdi.

O‘zbekiston uchun hali hammasi oldinda

O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan reytingning 34-pog‘onasini band etgan. Biroq tez orada medallar sonida o‘zgarishlar bo‘lishi va jamoamizning yuqoriga ko‘tarilishi kutilmoqda. Hozirgi qadar ikki nafar bokschimiz, Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullajonov kumush medallarni naqd qilib ulgurgan. Finaldagi g‘alab ushbu medallarni oltin bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yana uch nafar bokschilarimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Abdumalik Xalakov va Bahodir Jalolovlar yarim final bosqichida ringga ko‘tariladi. Shu va yana oldindagi turli sport turlarida chiqish qiladigan sportchilarimiz hisobiga vaziyat, ko‘p ehtimol, keskin yaxshilanadi.