Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

May oyida oltin-valyuta zaxiralari 1,5 milliard dollardan ortiqqa oshdi

Shu bilan birgan xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori 9,26 milliard dollarga yetgan.

1 daqiqa o‘qiladi

May oyida oltin-valyuta zaxiralari 1,5 milliard dollardan ortiqqa oshdi

Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilishicha, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida 1,5 milliard dollardan ortiqqa oshdi. Bu haqda Daryo nashri xabar bermoqda.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori

Qayd etilishicha, 1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oylik 1,52 milliard dollar o‘sish bilan, 36,6 milliard dollarni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori 9,26 milliard dollarga yetgan.

Ilk bor qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha statistika

Regulyator ilk bor zaxiralarga oid maʼlumotlar tarkibida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha statistikani taqdim etdi. Unga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar 35 million dollarni tashkil etgan. Avvalroq Markaziy bank birinchi marta xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritgandi.

XVJdagi depozitlari hajmi

Shuningdek, regulyatorning boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi sezilarli oshib, 422,7 million dollarni tashkil etgan. Boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori esa bir oy davomida 1,2 milliard dollarga oshgan. Natijada, ko‘rsatkich yil boshidagi 8,8 milliardni qayd etgan.

Zaxiradagi oltinning fizik hajmi biroz pasaydi

Mayda mamlakat oltin zaxiralari biroz (278,8 million dollar) o‘sib, 26,8 milliard dollarni tashkil etgan. Zaxiradagi oltinning fizik hajmi biroz pasaydi — 11,4 million troy unsiya.