$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Zargarlik sanoatida yangi qadam

oltin

Zargarlik sanoatida yangi qadam

OKMKda yana bir yangi mahsulot, oltin va kumush granulalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu zargarlar uchun qulaylik va tannarxni tushirish imkonini beradi.

Oltin va kumush granulalari

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. 

Bugungi kungacha ko‘plab zargarlik korxonalari og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalarni kombinatdan ham xarid qilish imkoniyatiga ega edi.

Yangi loyiha ishga tushishi natijasida oltin va kumushni granula ko‘rinishda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Ishi yengillashgan zargarlar

Oltin, kumush va mis kabi qimmatbaho metallarning granulalarini ishlab chiqarish uchun Italiya davlatidan zarur bo‘lgan texnologik uskuna olib kelindi. O‘lchovli tilla quymalari 50 grammdan 1000 grammgacha bo‘lib, uni qayta ishlash jarayonida zargarlarga noqulaylik tug‘dirib kelgan.

Ularni qayta eritish, mayda zarralarga bo‘lib olishda zargarlarda yo‘qotishlar va oshiqcha xarajatlar bo‘lar edi.

 Yangi loyiha natijasida esa tilla va kumush granulalari zargarlarga tannarxni tushirish hamda mahsulot sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zargarlik sanoatida yetakchi ishlab chiqaruvchilarning asosiy talabi ham oltinning granula shaklida bo‘lishidir.

Yangi reja va narxlar

Kombinat mutaxassislari granula holatidagi mis mahsulotlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Bozor talablarini o‘rganib, kelgusida boshqa rangli metallardan ham granulalar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Sotiladigan bu turdagi qimmatbaho metall bo‘yicha OKMK bilan hisob-kitoblar to‘lov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bank kursidan kelib chiqib amalga oshirilishi aytildi.

Теги :
Jamiyat