$
 12586.41
54.63
 14758.82
220.7
 160.42
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Oltin kelayotgan uch oyda 3 000 dollarlik rekord darajaga chiqishi mumkin

Oltin

Citi Group tahlilchilari oltin narxini kelayotgan uch oy ichida 3 000 dollarlik rekord darajaga chiqishini prognoz qildi.

Bugungi oltin narxi 2 940 dollarga chiqdi

Tahlilchilarning prognozlari o‘zini allaqachon oqlashni boshladi. Bugun oltin narxi 2 940 dollarga chiqib, yangi rekord qo‘ydi. O‘zbekistonda ham narx yana bir bor rekordni yangiladi.

Oltin narxining sezilarli o‘sishiga asosiy sabab AQSH prezidenti Donald Tramp hukumatining iqtisodiy qarorlari bo‘lib turibdi.

Eng yaxshi sarmoya – oltin

AQSHning Xitoy bilan savdo urushi (buning O‘zbekistonga ta’sir haqida bu yerda yaxshi tushuntirilibdi) va yangi bojlarning joriy qilishi AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan salbiy kutilmalarni shakllantirmoqda.

Butun dunyodagi investorlar esa bunday holatda oltinni an’anaviy ravishda eng xavfsiz sarmoya aktivi deb hisoblab, unga pul tikmoqda.

Hukumatlar ham oltinga qiziqishni oshirdi

Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi notinchliklardan so‘ng hukumatlar ham xavfsiz aktiv sifatida oltinga bog‘liqligini oshirdi.

Xitoy, Rossiya, Turkiya yoki O‘zbekiston kabi davlatlar azaldan oltinni asosiy zaxira aktivi sifatida biladi.

Biroq, Arab mamlakatlari ham so‘nggi paytlarda zaxiralaridagi oltin miqdorini ko‘paytirmoqda.

O‘zbekistonning oltin zaxirasi

O‘zbekiston zaxirasida ham oltin miqdori 2022-yildan beri eng yuqori darajada — 392 tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi ketma-ket kamayishdan keyin, yanvar oyida ko‘paydi. 1-fevral holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda $1,73 mlrd.ga yoki 4,2 foizga oshib, $42,9 mlrd.ni tashkil etdi. Ularning hajmi eng yuqori qiymatlarga yaqinlashdi.

Oltin zaxiralari qiymati $3,02 mlrd.ga — $32,03 mlrd.dan $35,06 mlrd.gacha oshib, rekord ko‘rsatkichini yangiladi. Uning fizik hajmi 12,6 mln. troy unsiya (391,9 tonna) oshdi.

 

Oltin quymalarining narxi

Shuningdek Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 11-fevral kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi.

Bir gramm qimmatbaho metall 1 mln. 246 ming 220 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 6 mln. 231 ming so‘mdan sotilmoqda.

Bu yilgi rekord yil boshidan buyon sakkizinchisi bo‘ldi. Qimmatbaho metall bir yarim oydan kamroq vaqt ichida 10 foizga va o‘tgan yilga nisbatan 48,3 foizga qimmatlashdi.

17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchov quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

·      5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln. 231 ming so‘m;

·      10 gramm oltin quyma narxi 12 mln. 462 ming som;

·      20 gramm oltin quyma narxi 24 mln. 924 ming so‘m;

·      50 gramm oltin quyma narxi 62 mln. 311 ming so‘m;

·      100 gramm oltin quyma narxi 124 mln. 622 ming so‘mni tashkil qiladi.

Shunday qilib, investorlar ham, hukumatlar ham pullarini oltinda saqlash hozircha to‘g‘riroq qaror deb hisoblamoqda.

Теги :
Jamiyat