$
 11963.16
49.81
€
 13390.36
61.7
₽
 142.33
-0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev va Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p yo‘nalishli amaliy hamkorlikning bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro aloqalar izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investitsiyalar va qo‘shma loyihalar

So‘nggi yillarda oliy darajadagi uchrashuvlar va samarali muloqotlar O‘zbekiston–Qatar munosabatlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqqani ta’kidlandi.

Ayni paytda Qatar kompaniyalari O‘zbekistonda energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport va qurilish sohalarida faoliyat yuritmoqda. Joriy yil boshidan buyon mamlakatda Qatar investitsiyalarini o‘zlashtirish hajmi ham sezilarli darajada oshgan.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanayotgani ham qayd etildi. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Doha forumida qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi

Tomonlar kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ham belgilab oldi. Jumladan, joriy yil dekabr oyida o‘tkaziladigan Doha forumida O‘zbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum doirasida O‘zbekiston va Qatar Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi hamda Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev va Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Теги :
Jamiyat