$
 12586.41
54.63
 14758.82
220.7
 160.42
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Oʻlchovli oltin quymalarining narxi yangi rekord koʻrsatkichga yetdi

oltin quyma

11-fevral kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin narxi qancha?

Bir gramm qimmatbaho metall 1 mln. 246 ming 220 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 6 mln. 231 ming so‘mdan sotilmoqda.

Bu yilgi rekord yil boshidan buyon sakkizinchisi bo‘ldi. Qimmatbaho metall bir yarim oydan kamroq vaqt ichida 10 foizga va o‘tgan yilga nisbatan 48,3 foizga qimmatlashdi.

100 grammlik oltin quymalari

Eslatib oʻtamiz, 17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchov quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln. 231 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 12 mln. 462 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 24 mln. 924 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 62 mln. 311 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 124 mln. 622 ming so‘mni tashkil qiladi.
Теги :
Jamiyat