O‘zbekiston oliy ta’limi obro‘si oshmoqda(mi?)
Yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston oliy ta’limi obro‘si oshmoqda(mi?)
Yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Yanvar-may oylari statistikasi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida chet el fuqaroligida bo‘lgan jami 7,4 ming nafar fuqaro O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida tashrif buyurgan.
65,2% o‘sish ko‘rsatkichi
O‘qish maqsadida tashrif buyurganlar soni o‘tgan yilning ushbu vaqtdagi tashrifchilar soniga qaraganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2%ga yuqorilagan.
Davlatlar kesimi tashrif statistikasi
O‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
1. Hindiston — 2 241 nafar;
2. Turkmaniston — 1 937 nafar;
3. Tojikiston — 950 nafar;
4. Qirg‘iz Respublikasi — 450 nafar;
5. Pokiston — 273 nafar;
6. Janubiy Koreya — 266 nafar;
7. Xitoy — 266 nafar;
8. Afg‘oniston — 147 nafar;
9. AQSH — 132 nafar;
10. Qozog‘iston — 122 nafar;
Boshqa davlatlardan esa 618 nafar shaxs tashrif buyurgan.



