$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonda eng ko‘p talabaga ega oliygoh qaysi?

Talaba

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi statistik ma’lumotlar platformasi 2025-yilning yanvar holatiga ko‘ra Oliy ta’lim muassasalari bilan bog‘liq hisobotini yangiladi

Talabalar soni

Unga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi jami OTMlar soni 208 ta bo‘lib, ulardan 108 ta davlat, 30 ta xorijiy hamda 70 ta nodavlat OTMlarni tashkil qilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, davlat OTMlarida 995 ming 551 ta, nodavlat OTMlarida esa 515 ming 634 nafar talaba o‘qimoqda. Shulardan 173 ming 788 nafari davlat granti asosida, 1 million 377 ming 384 nafari esa to‘lov kontrakti asosida tahsil olishmoqda.

Respublikamiz hududidagi OTMlar soni tashkiliy turi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 1 ta konservatoriya, 5 ta akademiya, 40 ta OTMlar filiali, 53 ta institut hamda 109 ta universitet.

OTMlar hududiy joylashuvi bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 ta, Navoiy va Sirdaryoda 3 tadan, Xorazmda 8 ta, Buxoroda 11 ta, Surxondaryoda 6 ta, Jizzaxda 5 ta, Samarqand hamda Toshkent viloyatida 14 tadan, Andijon, Qashqadaryo hamda Namanganda 9 tadan, Farg‘onada 13 ta, Toshkent shahrida esa 92 ta Oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Eng ko‘p talabaga ega OTMlar

Eng ko‘p talabaga ega OTMlar ro‘yxatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 47 ming 140 nafar talaba bilan yetakchilik qilmoqda. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti esa 35 ming 666 ta talaba bilan ikkinchi, O‘zbekiston Milliy universiteti esa 34 ming 450 nafar talaba bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan. Undan keyingi o‘rinlarni International School of Finance Technology and Science (ISFT) instituti 29 ming 561 nafar talaba bilan to‘rtinchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti esa 28 ming 345 ta talaba bilan beshinchi o‘rinni band qilgan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni stat.edu.uz saytidan olishingiz mumkin.

Теги :
Jamiyat