$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Xayr, Olimpik!”: Klubning ertasi so‘roq ostida(mi?)

 Olimpik

Superliga o‘tish o‘yini doirasidagi hal qiluvchi o‘yinda “Metallurg” jamoasi “Olimpik”ni mag‘lub etib, ligadagi o‘rnini saqlab qoldi, “Olimpik” esa 3-yillik tanaffusdan keyin yana Pro ligaga tushib ketdi. “Bunyodkor” stadionida o‘tgan uchrashuvda Zabihillo O‘rinboyev va Shahzod Ne’matjonovning goli Bekobod klubiga Toshkent jamoasi ustidan g‘alaba keltirdi. Rian Islomov jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan – 1:2.

“99% “Olimpik” endi yo‘q”

O‘yindan avval va o‘yin yakunida ko‘plab mutaxassislar ko‘pchilikning ichida, o‘y-xayollarida o‘tkazib yurgan so‘zlarini tashqariga chiqarishdi. Masalan, o‘zbek futboli ichidagi mutaxassislaridan biri Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev o‘z blogida “99% “Olimpik” endi yo‘q. “MobiUz” faoliyatini davom ettiradi”, deb yozdi. Yana bir o‘zbek futboliga aloqador bloger Bekzod Tolibov ham o‘yin avvalida loyihaning yakun topishiga ishora qilib o‘z blogida, “katta ehtimol bilan "Olimpik" loyihasiga yakun yasalayotgan o‘yin”, deya qayd etdi. Markaziy Osiyo sporti, asosan, futboliga oid insayd xabarlarni taqdim qilib boruvchi “AZIYA-SPORT” blogida jamoa haqida quyidagicha yozildi: “Avgust oyida kutilganidek “Olimpik” Superligadan tushib ketdi. “Olimpiadachilar” “Metallurg”ga imkoniyatni boy berishdi. Kapadze ketganidan keyin hech qanday yaxshi natijani kutish mumkin emasdi. Elitada subsidiyalashgan jamoani saqlash juda qimmat. Bundan tashqari, u o‘zining asosiy vazifasini allaqachon bajargan”. Mutaxassislarning bu kabi fikrlariga qaramay, hozircha jamoaning keyingi faoliyati haqida aniq bir ma’lumot mavjud emas. Biroq xalqimiz muallifligidagi “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi” iborasi bejizga aytilgan emas.

“Olimpik” haqida

“Olimpik” jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishini ta’minlash uchun 2021-yilda MOQ qoshida shakllantirilgan. Jamoa 2021-yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Pro-ligasida ishtirok etib, o‘tish o‘yinida “Mash’al”ni mag‘lub qilgan holda elitaga ko‘tarilgan. "Olimpik" — O‘zbekiston chempionatining yuqori divizionida ishtirok etgan tarixdagi 40-klub hisoblanadi.

Elitadagi natijalar

“Olimpik”ning Superliga mavsumlarida qayd etgan natijalari quyidagicha:

  • 2022-yilda 35 ochko bilan 6-o‘rin 
  • 2023-yilda 31 ochko bilan 9-o‘rin 
  • 2024-yilda 25 ochko bilan 12-o‘rin va pley-offlarda mag‘lub bo‘lib, Pro ligaga ravona bo‘ldi.

Maoshlar masalasi

Ma'lumot uchun, avvalroq O‘zbekistonning mintaqa kubogi o‘yinlarida so‘nggiga qadar yetib borishi va Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga sabab bo‘lgan “Olimpik” klubi futbolchilari va murabbiylari 3 oy, avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun maosh olishmaganini ma'lum qilgan edik. Shuningdek, maqolada jamoa a’zolari ayni Parij Olimpiadasidan keyin bir so‘m ham maosh olmagani ham aytilgan. 

Теги :
Jamiyat