$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Hech kimga keragi bo‘lmay qolgan “Olimpik”, Farg‘onadagi “ish tashlash” — Maoshsiz qolgan futbolchilar

Futbol va pul

O‘zbek futbolida maosh masalasi qadimdan mavjud, “barhayot”. Eng mashhur keyslardan biri Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi hamda Brazilyaning butun dunyoga dong‘i ketgan futbolchisi Rivaldo o‘rtasida sodir bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Bu misol futbol atrofida bo‘lgan va bo‘lmagan jamiki odamlarga yetib borgani aniq, biroq nomi u qadar taniqli bo‘lmagan jamoalar va futbolchilar o‘rtasidagi muammolar yopiqligicha qolib ketgan. Ularning ba’zilari OAVda yoritilgan bo‘lsa, ba’zilari klub imidjiga ta’sir etmasligi uchun yopdi-yopdi qilib yuborilgan. Shu vaqtga qadar qanchadan-qancha futbolchilar moliyaviy masalalar qurboni, jabrlanuvchisi bo‘lgani faqatgina futbolchining o‘zi, yaqinlari va u harakatlangan klubgagina ayon. Joriy yilda ham mahalliy chempionatning bir qator nomdor futbol klublarida mana shunday muammolar ko‘zga tashlandi. Yana ba’zi jamoalarda vaziyat hamon davom etmoqda. Xususan, Toshkentning “Olimpik”, Namanganning “Navbahor” hamda Farg‘onaning bosh jamoasi “Neftchi” klublari bunga misol bo‘la oladi.

Hech kimga keragi bo‘lmay qolgan “Olimpik”

Bizda futbol jamoatchiligi odatda jamoaning yoki loyihaning zafrli onlarini ko‘radi, kuzatdi, birga quvonadi. Biroq qiyinchilik vaqti hamma hikoyalrda sodir bo‘ladiganidek, hech kim topilmay qoladi. O‘zbekistonning mintaqa kubogi o‘yinlarida so‘nggiga qadar yetib borishi va Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga sabab bo‘lgan “Olimpik” loyihasi vazifa bajrib bo‘lingach, hech kimga keragi bo‘lmay qolgandek. Klub futbolchilari va murabbiylari 3 oy, avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun maosh olishmagan. Superliga 21-turi doirasida "Qizilqum" jamoasi mag‘lub etilgani uchun berilishi kerak bo‘lgan mukofot pullari ham hamon berilmagan. Qiziqarlisi, jamoa a’zolari ayni Parij Olimpiadasidan keyin bir so‘m ham maosh olmagan. 

Namangandagi vaziyat  

Bugun, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining sessiyasida tegishli qaror qabul qilinib, Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Hokim o‘n ikki viloyatdagi mansabdoshlaridan farqli rvishda futbolga o‘zgacha mehr qo‘ygan. Bunga viloyatdagi muhit sabab bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Har mavsumni katta umidlar bilan boshlaydigan va o‘z oldiga faqat va faqat chempionlikni maqsad qiladigan hamda Shavkat Abdurazzoqovning shaxsan o‘zi qo‘llaydigan Namangan viloyatining bosh jamoasi “Navbahor”da ham ayni yuqoridagi kabi muammo mavjudligi aytilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, Klub futbolchilari avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun maosh olishmagan. Bundan tashqari, ularga 4 ta o‘yindagi g‘alaba uchun mukofot pullari ham hali berilmagan.

Farg‘onada ish “tashlash”

3-noyabr kuni ayollar Oliy ligasi 24-tur doirasidagi “Neftchi-W“ — “Sevinch“ o‘yini bo‘lib o‘tmadi. “Bugun ayollar Oliy ligasining 24-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, so‘nggi daqiqalarda Farg‘onada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Neftchi-W“ va “Sevinch“ jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bekor qilindi. Bunga sabab, “Neftchi-W“ jamoasi futbolchilari bir necha oydan beri maosh to‘lanmaganligi sababli maydonga chiqishdan bosh tortishgan. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ushbu o‘yinda “Neftchi-W“ jamoasiga texnik mag‘lubiyat qayd etildi. Hozirda “Navbahor-W“ va “So‘g‘diyona-W“ jamoalarida ham shunga o‘xshash muammolar mavjud. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu voqeani e’tibordan chetda qoldirmaydi va futbolchilarga ish haqlarining to‘lanishi hamda ayollar futbolida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan masalani qat’iy nazoratga oladi“, — deyiladi xabarda. Ajablanarlisi, (balki ajablanarli ham emas) jamoaning erkaklar klubi ham 3 oydan buyon maosh olmaydi. Bundan tashqari, futbolchilarga 6 ta o‘yin uchun mukofot puli ham berilmagan ekan. FIFA qoidalariga ko‘ra 3 oy maosh olmagan futbolchi klubdan ketishi mumkin. Klub esa futbolchining shartnomasi tugaguniga qadar maoshini to‘lab berishga majbur bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot