$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Uzoq kutilgan yangilik: Olimpiada o‘yinlari O‘zbekistonda translyatsiya qilinadi

Olimpiya

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Olimpiya o‘yinlari startiga 17 kun qolganda o‘zbek tomoshabinlarini xavotirga solib kelayotgan masala hal bo‘ldi.

Translaytsiya muammosi

Olimpiya o‘yinlari startiga oz muddat qolishiga qaramay, o‘zbekistonliklar musobaqani qayerda tomosha qilishi so‘roq ostida qolayotgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiadasining translyatsiya huquqini sotib olish uchun 1,5 million dollar atrofida mablag‘ kerak bo‘ladi. Uch yil oldin Tokio Olimpiadasi uchun O‘zbekistonga taklif qilingan translyatsiya summasi 1 million dollar atrofida bo‘lgan. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, MTRK bunday katta miqdordagi summani Olimpiadani ko‘rsatish uchun to‘lamoqchi emasdi. 

Tomoshabinlar yutdi

Bu xabarlar ortidan Parij Olimpiadasi "Zo‘r TV" telekanali orqali namoyish etilishi kutilayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqay boshlagandi. Bundan biroz avval esa MTRK tarkibiga kiruvchi Sport telekanali o‘zining Telegramdagi rasmiy sahifasiga "Bizni kutib ol, Parij!", deya yozuv ilova qilingan videorolikni joyladi.

Olamsport nashrining manbalari xabar berishicha, O‘zbekiston MTRKsi, xususan, "Sport TV" telekanali Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarini mamlakatimiz hududida namoyish etadi. Xulosa o‘rnida aytish kerakki, agarda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar rost bo‘lib, xususiy telekanal va MTRK o‘rtasida translyatsiya uchun kurash bo‘lib, unda MTRK g‘olib chiqqan bo‘lsa, demak, bu tomoshabinlarning g‘alabasi bo‘libdi. Sababi ikki tomonning imkoniyat va resurslari turlicha.

Теги :
Jamiyat