Olimpiada O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin bilan start oladi
Fransiyaning Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 3 kun qoldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin bilan start oladi
Fransiyaning Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 3 kun qoldi.
Norasmiy start
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Olimpiada O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin bilan start oladi. Garchi musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 26-iyul kuni tashkil etilsa-da, bir qancha sport turlaridagi bellashuvlarga 24-iyul sanasidan start beriladi. Shunday qilib, Olimpiadadagi ilk bahs futbol bo‘yicha S guruhidagi O‘zbekiston - Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 24-iyul kuni soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan. Xuddi shu vaqtda B guruhidagi Argentina - Marokash o‘yini ham boshlanadi. So‘ngra, regbi bahslari boshlanadi. Olimpiadaning asosiy bellashuvlariga 27-iyul sanasidan kirishiladi.
Yakuniy tarkib
Avvalroq Timur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasining yakuniy 18 kishilik tarkibi e’lon qilingandi. Ma’lum qilinishicha, yana 4 nafar futbolchi 18 kishilik tarkibdan kimdir jarohat olsa, o‘rniga tarkibga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi. Tarkibdagi birinchi raqamdan 18-raqamgacha bo‘lgan futbolchilar “zayavka”dagi futbolchilar sirasiga kiradi. 19—22-raqamdagi futbolchilar esa FIFA tomonidan ruxsat berilgan favqulodda holatlardagina jamoaga yordam berishi mumkin. Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi C guruhidan joy olgan. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.



