Yer osti boyliklarini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi
Tabiiy boyliklarni noqonuniy qazib olish jinoyat deb baholanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yer osti boyliklarini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi
Tabiiy boyliklarni noqonuniy qazib olish jinoyat deb baholanadi.
Marmar o'g'riligi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirildi.
Bunda "M.S." MCHJ mas'ul shaxslari "Marmarobod" MFY hududidagi marmar konidan tegishli hujjatlarsiz 3 020 kub hajmdagi marmar toshlarini noqonuniy qazib olgan.
Bu jinoyat orqali esa davlat va jamiyat manfaatlariga 694,8 million so'm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Ohaktoshni noqonuniy qazib olish holati
Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida aniqlanishicha, "N.G." MCHJ mas’ul shaxslari "Turatau-2" konidan belgilangan hududdan tashqari qismlardan 3 178 kub hajmdagi ohaktoshni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



