$
 12410.99
-85.95
 14237.89
-167.33
 158.38
-1.0
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ekologiya vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

G

G‘alla yig‘ishtirib olish mavsumi boshlanishi munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi g‘alla o‘rib olingan maydonlarda o‘simlik qoldiqlarini yoqish amaldagi qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Qanday zararlari bor

Maʼlumki, o‘simlik qoldiqlari yoqilishi oqibatida atmosfera havosiga inson salomatligiga ziyon yetkazuvchi uglerod oksidi, azot oksidi, azot 2 oksidi va oltingugurt oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Shuningdek, o‘simlik qoldiqlarini yoqish tabiatga, yerlar unumdorligi va iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi.

Bunday maydonlarda ekin yerlarining unumdorligi keskin kamayadi, tuproq tarkibi buzilishi va yong‘indan keyingi yuqori harorat tufayli makro va mikroelementlar yo‘qotilishi oqibatida ekinzorlarning ball boniteti pasayib ketadi.

Bu holatga yo‘l qo‘ymaslik kerak

Shu bois, mamlakatimiz aholisi va barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridagi o‘simlik qoldiqlarini yig‘ishtirib olishlari, o‘simliklarni yoqish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz.

Yodda saqlang!

Somon poyalari va ularning qoldiqlarini yoqish O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismiga muvofiq BHMning 10 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. 

Bundan tashqari, yong‘in sodir etilgan g‘alla maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan ziyon uchun alohida zarar hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat