$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Z avlod vakillari ofisda ishlashdan ko‘ra, uyda ishlashni afzal ko‘rishmoqda

ofis

Yoshlar rahbarlaridan o‘ch olish maqsadida ofisda o‘zlarini ish bilan banddek qilib ko‘rsatmoqda.

Zumerlar ofisda o‘zlarini juda banddek ko‘rsatmoqda

Ko‘p rahbarlar masofadan ishlashga qarshi kurashib, odamlarni ishxonaga “qamashda” davom etmoqda. Bu sharoitda ishdan bo‘shab ketishni o‘ziga ep ko‘rolmaganlar esa o‘z vazifalariga mas’uliyatsiz yondashib, keragidan kamroq ishlarni bajarmoqda.

Ko‘p yoshlar ularga kamroq loyiha yuklashlari uchun, o‘zlarini ofisda juda banddek ko‘rsatishmoqda. Shu tariqa ular ishda o‘tayotgan vaqtni kompensatsiya qilishga urinishyapti.

Ishxonada o‘tirib ishlashning “davri o‘tdi”

Bunday yondashuv xodimlarning ish unumdorligini yomonlashtirmasa-da, stress va xafsala so‘nishiga olib keladi. Ekspertlar menejerlarga zumerlarning talablariga quloq tutish va bunday harakat sabablarini bartaraf etishni maslahat bermoqda.