$
 12591.71
-84.4
 14821.70
-153.86
 160.18
-1.38
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

AQShda ingliz tili rasmiy til sifatida tan olindi

Tramp

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakat tarixida birinchi marta ingliz tilini federal darajada rasmiy til sifatida tan olish haqidagi farmonni imzoladi.

Ilgari faqat ayrim shtatlarda rasmiy maqomga ega edi

Garchi AQShdagi barcha asosiy hujjatlar, jumladan, konstitutsiya va Mustaqillik deklaratsiyasi ingliz tilida yozilgan bo‘lsa-da, mamlakatda bu til qonuniy jihatdan rasmiy maqomga ega emas edi. Ilgari faqat ayrim shtatlar ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olgan edi. Farmonda 350 dan ortiq tilda gaplashish tan olingan bo‘lsa-da, yagona umumiy til milliy birlik va davlat boshqaruvidagi samaradorlikni oshirishiga urg‘u berilgan.

O‘nlab million odamlar boshqa tilda gaplashadi

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 68 millionga yaqin odam uyda ingliz tilidan boshqa tilda so‘zlashadi. Ulardan 40 milliondan ortig‘i ispan tilida gaplashadi.

Klinton farmoni bekor qilindi

Tramp ushbu farmon bilan 2000-yilda Bill Klinton tomonidan qabul qilingan, ingliz tilini bilmaydigan fuqarolarga tarjima yordami ko‘rsatishni talab qilgan hujjatni bekor qildi. Endilikda bu masala har bir federal agentlikning o‘z qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Tramp farmonda AQShga yangi kelayotgan immigrantlarning ingliz tilini o‘rganishi va milliy birlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika orzusini ro‘yobga chiqarish uchun yagona til muhim o‘rin tutadi.