$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Odam savdosi jinoyati bilan sudlanganlar orasida ayollar ulushi ko‘proq

Odam savdosi

2024-yilning yanvar-may oylarida JKning 135-moddasi (odam savdosi) bilan 69 nafar shaxs sudlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’lum qildi. (https://t.me/AzizAbidov/5000)

 Ularga qanday jazo tayinlangan?

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 17 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (jarima, shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan.

Ayollar ko‘proq

Xabarga ko‘ra, sudlanganlarning 53 nafari ayol bo‘lsa, 16 nafari erkak.

 Jabrlanganlar 83 nafar

Mazkur shaxslar ishtirokidagi odam savdosi bilan 86 nafar shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar tashkil etadi.

O‘tgan yildagi vaziyat

Maʼlumot o‘rnida, 2023-yil davomida odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sud qilingan. Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan.

Ushbu sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak.

O‘tgan yili ushbu sudlanuvchilar tomonidan 242 nafar shaxs jabrlangan bo‘lib, ulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat