$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi davlat idoralarining ochiqlikka oid majburiyatlarga rioya etishi masofadan monitoring qilinadi

monitoring

Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori imzolandi.

Qarorni kim ishlab chiqdi?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror bilan davlat idoralarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi majburiyatlarga rioya etilishini masofaviy monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.  

Nizomda masofaviy monitoring qilish, natijalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari belgilandi.  

Ochiq ma’lumotlarning namunaviy shakllari tasdiqlandi

Qaror bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning namunaviy shakllari tasdiqlandi. 

Namunaviy shakllar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning ro‘yxatiga kiritilgan 40 toifadagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan.

Теги :
Jamiyat