$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Parij – 2024 ochilish marosimi tashkilotchilariga onlayn tahdid qilindi

parij

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi prodyuserlari o‘zlariga nisbatan o‘lim tahdidi munosabati bilan prokuraturaga murojaat qilishdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar qilmoqda.

Xabarda Qur’on oyatidan ham iqtibos keltirilgan

Ma’lum bo‘lishicha, ochilish marosimini o‘tkazgan “Paname 2024” kompaniyasi elektron pochta orqali bir qancha haqoratomuz xabarlar olgan, jumladan, Qur’on oyatidan iqtibos keltirish va marosim tashkilotchilariga “Allohning jazosi” kelishini aytishgan.

Shundan so‘ngra bosh direktor o‘rinbosari prokuraturaga shikoyat bilan murojaat qilgan. 2-avgust kuni Parij prokuraturasi Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimining badiiy rahbari Tom Jolliga qarshi onlayn tahdidlar tufayli tergov boshlagani ma’lum bo‘lgan. U ham xuddi shu mazmundagi xatlarni olgan.

Shu bilan birga, tergov Parij prokuraturasining Internetda nafratga qarshi kurash milliy markazi (PNLH) va insoniyatga qarshi jinoyatlar va nafrat jinoyatlariga qarshi kurash markaziy apparati (OCLCH) tomonidan olib borilmoqda.

Ochilishdagi tadbirda “Maxfiy kecha”ning o‘zgartirilgan varianti taqdim etilgan

Ma’lumot uchun, 26-iyul kuni Parijda yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Tadbir davomida “Maxfiy kecha”ga o‘xshash spektakl taqdim etilgan bo‘lib, unda Iso payg‘ambar va uning shogirdlari o‘rnida soqolli ayol va ayollar kiyimidagi erkaklar rol ijro etgan. Spektaklni ko‘k rangga bo‘yalgan, qadimgi yunon xudosi Dionis tasvirlangan deyarli yalang‘och odam yakunlagan.

“Xristianlarni masxara qilish” yoxud “sharmandalik”

Ushbu sahna ko‘rinishi turli noroziliklarga sabab bo‘lgan. Xususan, fransuz yepiskopligi “xristianlarni masxara qilish” sahnalariga norozilik bildirgan. Biznesmen Ilon Mask ochilish marosimini “xristianlarga nisbatan ochiq hurmatsizlik”, AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp esa “sharmandalik” deb atagan.

Marosim musulmonlarning noroziligiga ham sabab bo‘lgan. Xususan, Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Iso Masih suratining haqoratli tarzda taqdim etilishini qoralagan.

Shuningdek, o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasining aloqalar bo‘yicha direktori Enn Dekampsning ta’kidlashicha, Parij Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi va rejissyor Toma Jolli Parij meri o‘yinlarning ochilish marosimidagi ayrim sahna ko‘rinishlari bilan hech kimni ranjitmoqchi bo‘lmagan.

Теги :
Jamiyat