$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Qurilish, ekish yoki buzish: 23 ta madaniy obyektga jiddiy shikast yetkazilgani aniqlandi

obyekt

Respublikadagi mahallalarning 3646 tasida (38,5%) jinoyat qayd etilmadi, 4596 tasida (48,6%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilayotgani ham aytib o‘tildi. Xususan, 381 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,6 mlrd. so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi. Ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd. so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Madaniy meroslarga shikast yetmoqda

Birifingda respublika bo‘yicha arxeologiya merosi obyektlarining 23 tasiga jiddiy shikast yetkazilgani hamda 193 ta holatda arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza hududi buzilib qurilish qilingani yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekilgani  aniqlanib, qat’iy choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi “Pandiron” masjidining ta’mirlash - tiklash ishlarida loyiha talablariga rioya etilmagani natijasida yodgorlikka 341 mln. so‘m zarar yetkazilgani hamda haqiqatda bajarilmagan 622 mln. so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlangan.

Mahallalarning 38,5 foizida jinoyat qayd etilmadi

Shuningdek, Hayot Shamsutdinov huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlar tizimli ravishda  davom ettirilayotganini ta’kidlab, ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 3 ming 646 tasida yoki 38,5 foizida jinoyat qayd etilmaganini, 4 ming 596 tasi yoki 48,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilganini aytib o‘tdi.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 63 ming 047 nafar shaxsga nisbatan 50 ming 888 ta jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborildi.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 12 ming 342 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 11 ming 350 nafar shaxsga nisbatan 7 ming 477 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,6 trln. so‘mlik zarar undirildi.

Теги :
Jamiyat