$
 12001.94
4.11
 13973.86
5.99
 166.67
-0.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka bank OTP Group Toshkent shahrini obodonlashtirish tizimi xodimlariga 152 ta elektr motoroller topshirdi

Ipotekabank obodonlashtirish

Ipoteka bank OTP Group poytaxt obodonlashtirish tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikni boshladi.

152 ta motoroller

Hamkorlik doirasida bank tomonidan 152 ta elektr motoroller xaridi moliyalashtirildi. Mazkur transport vositalari obodonlashtirish xizmati xodimlarining kundalik faoliyatini yengillashtirish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mingga yaqin xodim uyli bo‘lishi mumkin

Bundan tashqari, qariyb 1 ming nafar tizim xodimi yillik 16,9 foiz stavkadagi imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasida imzolangan kelishuv xodimlar uchun yanada qulay mehnat va turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgani qayd etildi.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Reklama huquqlari asosida