$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

15—20 daraja sovuqqacha: Hafta boshida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?

havo

O‘zgidromet 16—18-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16- dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha; kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 18 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 18-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 17-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 18-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17-18-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 17-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 18-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 17-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliq, 18-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17-18- dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 18 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17-dekabrda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-dekabrda kechasi 15-20 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 8-13 daraja sovuq; 17 dekabrda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, 18-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi

Теги :
Jamiyat