“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 29-noyabridan 2-dekabriga qadar O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 29-noyabridan 2-dekabriga qadar O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Yog‘inli va sovuq kunlar yaqin
Axborotda ma’lum qilinishicha, 29-noyabr—1-dekabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30-noyabr—1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1—2-dekabrga kelib, 3 daraja sovuq -2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi.
Sel-suv toshqin hodisalari xavfi
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29-noyabr—1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.



