$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi boshlangan hafta o‘zbekistonliklarga qanday ob-havoni tayyorlamoqda?

Kuz

Noyabr - kuz faslining oxirgi oyi. Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida o‘rtacha havo harorati oktyabr oyiga nisbatan 6-7 gradusga, shimolda va cho‘l hududlarda 8-9 gradusga past bo‘lishi aytilgan edi. Noyabr oyi kuz faslining boshidan farqli darajada havo haroratining keskin o‘zgarib turishi bilan ajralib turadi. 

Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi dekadasi prognozi

Ma’lumotga ko‘ra, Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 17-20 daraja iliqqacha ko‘tarilishida iliq ob-havo davrlari kuzatilishi ehtimoli bor. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu hafta me’yordan issiqroq bo‘lishi kutilmoqda

Yana bir iqlimshunosning ma’lum qilishicha, kelayotgan hafta (18-24 noyabr) O‘zbekiston hududida yog‘inchalik tekislik hududlarda deyarli me’yoriy tog‘ va tog‘ oldi hududlarda esa me’yordan 2-5 mm ko‘proq yog‘ingarchilik bo‘lishini GEFS modeli prognoz qilmoqda. GEFS modeli (https://t.me/iqlimshunos_kundaligi/761)ning haftalik maksimal va minimal harorat prognozlari ushbu hafta me’yordan issiqroq bo‘lishini taqdim etmoqda.

Теги :
Jamiyat