$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Tramp Washington Post, The New York Times kabi yirik OAVni “siyosiy zaharlash”da ayblamoqda

NYT

Tramp Amerika OAVni “noxolislik” va “siyosiy bezorilikda” ayblab, milliardlab dollarlik da’volar qo‘ydi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi.

NYT demokratik partiya manfaatlariga ishlaydimi?

Xususan, The New York Times, Penguin Random House, The Daily Beast va CBS News nashrlariga qarshi da’volar ochilgan.

NYT va Penguin Random’ning tanqidiy maqolalari uchun saylangan prezident 10 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda va ularni “yolg‘on va tuhmat bayonotlar” berganlikda ayblagan.

Tramp NYT’ni “Demokratik partiyaning to‘laqonli ovoz kuchaytiruvchi karnayi” deb hisoblagan.

Tramp NYTni tuhmat qilishda ayblamoqda

Daʼvo arizasida, shuningdek, bir qator mualliflarning Tramp haqidagi maqolalari hamda kitoblaridan Tramp haqida parchalar taqdim etilgan.

Tramp NYT’ni “iste’molchilar uzoq vaqtdan beri o‘yin-kulgi, mehmondo‘stlik va ko‘chmas mulk sohasidagi mukammallik, hashamat va muvaffaqiyat bilan bog‘lagan Tramp brendini kamsitishda, Qo‘shma Shtatlardagi eng yuqori davlat lavozimiga nomzodga qasddan tuhmat qilish va kamsitish”da ayblagan.

CBS News saylovga aralashishda ayblanmoqda

Shuningdek, Tramp CBS News’ni Harris bilan 7-oktyabrda bergan intervyusini montaj qilish orqali “saylovga aralashish”da ayblagan. Shundan so‘ng respublikachi telekanalga maktub yo‘llab, raqibi Harrisning “60 daqiqa” ko‘rsatuviga bergan intervyusining to‘liq, tahrir qilinmagan matnini chop etishni talab qilgan.

Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, maktub Harris bilan bo‘lgan intervyuni tahrirlash borasidagi Trampning ayblovlari “yolg‘on” ekanini aytganidan keyin yuborilgan. Xabar qilinishicha, xat Trampning yuridik maslahatchisi Edvard Paltsik tomonidan tuzilgan va siyosatchi nomidan yozilgan.

“Biz sizdan Kamala Harrisning ‘60 daqiqa’ga bergan intervyusining to‘liq, tahrir qilinmagan matnini zudlik bilan taqdim etishingizni va chop etishingizni talab qilamiz”, deyiladi maktubda.

Washington Post’dan noqonuniy xayriyalar

U, shuningdek, Washington Post nashrini Harris kampaniyasiga noqonuniy xayriya qilishda ayblab, Federal saylov komissiyasiga shikoyat qilgan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Trampning matbuotga tahdidlarini “OAV erkinligi uchun aniq va to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf” deb atagan.

Теги :
Jamiyat