$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi O‘zbekistonni barpo etishda 5 ta yo‘nalishga asosiy e’tibor qaratilmoqda

Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiridagi nutqi davomida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor qaratilayotgan yo‘nalishlar haqida gapirdi.

5 ta yo‘nalish

Bayram tadbirida prezident tomonidan hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor 5 ta ustuvor yo‘nalishga qaratilayotgani ta’kidlandi. Bular: sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish; biznesni rivojlantirish; korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish; sog‘liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash; ekologik barqarorlikni ta’minlash.

Muammolarimizning yechimi — ta’lim 

Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida bugungi kundagi muammolarning ildizi va kelajak uchun yechimi faqatgina ta’lim ekanligini ta’kidladi:

“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir. Shu sababli maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qildik”.

Ona tili va adabiyot

“Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotini chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli ta’lim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz. Maktab o‘quvchilari jahondagi ilg‘or tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan ta’minlanmoqda”, — dedi Prezident.
Теги :
Jamiyat