$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-iyun voqealari

Qora 7-iyun

Jizzaxda daladan jasad topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanidagi daladan erkak kishining jasadi topilgani haqida videolavha tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur voqea Forish tumani Qorabdolota MFYda sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi A.P. hamqishlog‘i S.R. tomonidan tosh bilan urib yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gʻisht biznesi bilan shug‘illangan tadbirkorlar 182 mln. soʻm jarimaga tortildi

Pop tumanida yerning unumdor qatlamidagi tuproqni oʻzboshimchalik bilan qazib olib, gʻisht qoʻyayotgan shaxslar aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.R.” MCHJ rahbari X.Ya. va boshqalar gʻisht ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan hududdan tashqariga chiqib, yerning unumdor qatlamidan maxsus texnikalar yordamida 12 ming kub hajmdagi tuproqni oʻzboshimchalik bilan qazib olgan.

Oqibatda, ular davlat va jamiyat manfaatlariga 181,8 mln. soʻm zarar yetkazgan.

Toshkentda Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

Bugun, 7-iyun kuni soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida Lacetti haydovchisi, 1998-yilda tug‘ilgan B.T. rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Velosiped o‘g‘risiga chora ko‘rildi

Oʻtkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qoʻlga olinib, Yakkasaroy tumani, bundan tashqari Toshkent shahrining turli tumanlarida ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyolar olingan.

Maʼlum boʻlishicha, gumonlanayotgan shaxs doimiy tarzda kuchli taʼsir etuvchi dorilarni isteʼmol qilib yurgan. Aynan oʻgʻrilik qilishning asosiy sababi ham ana shu dorilarga pul topish boʻlgan.

“Oʻgʻrilik qilayotgan paytimda kuchli taʼsir qiluvchi dorilardan foydalanganman. Oʻzim nima qilganim hali ham esimda yoʻq. Taʼsiri kuchli. Menga xumor qilgani sababli oʻgʻirlik qilib, oʻsha doridan olishim kerak edi. Velosipedlarni sotib, puliga dori olgandim. Dorini deb hamma narsaga tayyorligim uchun pushaymonman”, deydi gumonlanuvchi shaxs.

“Mana shuni sotishim kerak. Qozogʻistonga chiqib ketishim kerak dedi bizga. Pul zarur dedi. Biz ham unga ishondik. Lekin rasmga ham oldik”, deya voqeaga izoh beradi velosiped sotib olganlardan biri.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat