Prognozlar o‘zini oqlamoqda: Noyabri tarixdagi ikkinchi eng issiq oy boʻldi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uzoq muddatli maqsadni +1,5 ° C darajasida ushlab turish tobora qiyinlashib bormoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqining Kopernik iqlim markazi (C3S) maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning noyabri oʻtgan yilning noyabridan ortda qolgan eng issiq ikkinchi oy boʻldi.
Tarixdagi eng issiq yil
C3S ijrochi direktorining o‘rinbosari Samanta Burgessning aytishicha, 2024-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Garchi Parij kelishuvining maqsadlari hali buzilmagan bo‘lsa-da, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yanada ulug‘vor harakatlar talab etiladi.
Uzoq muddatli maqsadni ushlab turish qiyinlashmoqda
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uzoq muddatli maqsadni +1,5 ° C darajasida ushlab turish tobora qiyinlashib bormoqda va emissiya keskin kamaymasa, dunyo Parij kelishuvida mustahkamlangan +2 ° C ikkinchi chegaradan oshib ketish xavfi ostida.
Yashil kun tartibi G‘arb mamlakatlarida mashhurligini yo‘qotmoqda
Ayni paytda yashil kun tartibi G‘arb mamlakatlarida mashhurligini yo‘qotmoqda va neft ishlab chiqaruvchi davlatlar qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishga tayyor emas va iqlim inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni sekinlashtirmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi har yili yarim million odamning hayotiga zomin bo‘ladi va jahon iqtisodiyotiga trillionlab dollar zarar keltiradi.
0,71 darajaga yuqori
Bundan avval ham, joriy yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida o‘rtacha global harorat 1991-2020 yillardagi ko‘rsatkichdan 0,71 darajaga yuqori bo‘lgan.
Oxirgi 12 oy davomida (2023-yil iyuldan 2024-yil iyungacha) global o‘rtacha harorat 1991-2020 yillardagi o‘rtacha haroratdan 0,76 darajaga yuqori bo‘lgani qayd etildi.



