Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Notcoin bilan shug'ullanadiganlarga "ov" boshlandi(mi?)

Kuni kecha notcoin sababli 10 sukaga qamalgan yigit ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil xavotirlarga sabab bo'ldi

2 daqiqa o‘qiladi

Notcoin bilan shug'ullanadiganlarga "ov" boshlandi(mi?)

Kuni kecha notcoin savdosi bilan shug'ullangan yigit 10 sutkaga qamaldi. Bu o'z navbatida ijtimoiy tarmoqlarda kriptoaktivlar bilan shug'ullanadiganlarni havotirga soluvchi xabarlar tarqalishiga sabab bo'ldi.

Notcoin bilan qamalgan talaba yigit ishi

Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali notkoin yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli talaba yigit 10 sutkaga qamaldi. Kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblangan surxondaryolik yigit bu ishi noqonuniy ekanini bilmaganini ta’kidladi. 

Voqea qanday bo‘lgan edi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan, Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisi Telegram orqali notkoin yig‘ib, uni sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Fuqaro I.N.ga tegishli telefon va plastik kartadan kriptoaktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanilgani aniqlandi. 

Qonunni bilmaslik jazodan qutqarib qolmaydi

Sud majlisida yigit aybini tan olib, kriptoaktivni Telegramda yig‘gani va uni 800 ming so‘mga sotganini aytdi. Yigit buning noqonuniy ekanini bilmagani, oilada yagona boquvchi ekanini aytib, suddan yengillik berishini so‘radi. Sud yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155−4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

Bundan tashqari, yigitga tegishli Galaxy A30 telefoni va bank plastik kartasi tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilandi. 

Bu haqda qonun nima deydi?

Ma’lumot uchun, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 155−4-moddasi (Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi kriptoaktivlarni qonungan xilof ravishda olganlik uchun javobgarlik belgilaydi. Unda qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Mazkur modda kriptoaktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Endi O‘zbekistonda kriptoaktivlarni sotib oladigan va sotadiganlar qidirilmoqda. Agar sizda kriptoaktivlar bo’lsa, sotmang, aks holda, 15 sutkagacha qamoq yoki bazaviy hisoblash miqdorining 20 dan, 30 barobarigacha (10 200 000 so‘m) gacha jarima solishi mumkin, smartfon, bank kartangiz va kriptoaktivlar musodara qilinadi.

Ijtimoiy tarmoq xavotiri

Ushbu xabardan so'ng, ko'plab katta telegram kanallarda "Endi O‘zbekistonda notcoin, hamster va boshqa kriptavalyutalar sotib oladigan va sotadiganlar qidirilmoqda", degan asnoda xabarlar tarqala boshlandi. Chindan ham bu Telegram orqali tarqatilgan Notcoin kriptovalyutasini sotgani uchun hibsga olingan shaxsning birinchi holatlaridan biridir.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, 2023-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari kriptovalyutani faqat xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali sotib olishlari mumkin. Qonun buzilishi jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.