$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotini ishlab chiqarganlar qo‘lga olindi

noqonuniy sex noqonuniy

So‘nggi vaqtlarda iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va sotish avj olmoqda. Buning natijasida aholi salomatligiga putur yetmoqda. Shu sababli rasmiylar bir qator hududlarda tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

Noturar binoda yashirin sex tashkil qilingan

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar va G‘uzor tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro F.N. Shahrisabz tumani “Xontepa” MFY hududida joylashgan noturar binoda va fuqaro H.N. G‘uzor tumani ”Eskibog‘” MFYda joylashgan yashash xonadonining yordamchi xo‘jaligida yashirin sexlar tashkil etganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu shaxslar yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, sexlardan 211 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 146 kg chigit, 3 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov harakatlari

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avval ham Shahrisabz va G‘uborda shu holat takrorlangan 

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Shahrisabz shahri va Kitob tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ham iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari fosh etilgandi. Unda fuqarolar E.X. va Yu.E. yashash xonadonlarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotganliklari aniqlanib, ushbu sexlardan 320 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 201 kg chigit, 5 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan edi.

Теги :
Jamiyat