Nos o‘zbekistonlikni 52 sutka qamalishiga sabab bo'ldi
Anqarada cho'ntagida nos olib yurgan o'zbekistonlik giyohvand modda olib yurganlikda gumonlanib qamaldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Anqarada cho'ntagida nos olib yurgan o'zbekistonlik giyohvand modda olib yurganlikda gumonlanib qamaldi.
Giyohvand modda deb gumonlangan nos
Ma'lum qilinishicha, Turkiya poytaxti Anqaraga ishlash uchun borgan bir hamyurtimiz o'zi bilan nos olgan ekan. Nos bilan Turkiya aeroportlaridan muammolaridan o'tgan. Oradan uch kun o'tib nosni cho'ntagiga solib ishiga ketayotgan o'zbekistonlikni mahalliy politsiya to'xtatgan. Turkiyalik politsiyachi umrida nos ko'rmaganmi, uni giyohvand modda deb gumon qilib fuqaroni o'zi bilan birga olib ketgan.
Behuda ketgan 2000 dollar
Deportatsiya markaziga qamab qo'yilgan yurtdoshimizni yaqinlari advokat yordamida chiqarishga qilgan urinishlari samarasiz ketdi. Advokat uchun to'langan 70 ming lira (2125 dollar) ham behuda sarflandi.
Hibsning qirqinchi kuniga kelib fuqaroning yaqinlari O'zbekiston elchixonasiga murojaat qilishadi. Elchixonaning aralashuvidan so'ng ham 12 kun o'tib, nosning giyohvand modda emasligi aniqlandi. Shundan so'nggina hamyurtimiz ozodlikka qo'yib yuborildi.



