$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Tog‘-kon va geologiya sohasidagi 764 ta geografik obyekt nomi davlat tili qoidalariga muvofiqlashtirdi

kon

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi 764 ta geografik obyektning nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga hamda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi Ziyoda Ahmedova ma’lum qildi.

Endilikda mazkur tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi

Respublika komissiyasi o‘tkazgan ish yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa asosida O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida” qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Kon-geologiya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Joriy yilning 15- noyabr sanasida №766- sonli Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur qaror bilan Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi 764 ta geografik obyektlarning nomlarini (110 ta rudali, 464 ta noruda va 129 ta uglevodorod koni) davlat tili qoida va me’yorlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqlashtirildi. Bundan buyon normativ-huquqiy hujjatlarda hamda ish hujjatlari va yozishmalarda mazkur tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.

Oʻzgartirish kiritilmoqda

Hozirda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi foydali qazilmalar konlari nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ayni damda sohaning malakali mutaxassislari mavjud konlarning nomlarini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga asosan maqbullashtirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Теги :
Jamiyat