$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Nokia brendi ostida smartfon ishlab chiqarish to‘xtatildi

nokia

Nokia telefonlarini ishlab chiqaruvchi HMD Global rasman afsonaviy brendga aylangan smartfonlar boshqa ishlab chiqarilmasligini ma’lum qildi. 

Tugmali telefonlar davri o‘tdimi?

Kompaniya rasmiy saytidagi barcha Nokia smartfonlari endilikda “eskirgan” va “sotuvda mavjud emas” deb ko‘rsatilgan. Endilikda kompaniya to‘liq HMD brendi ostida smartfon ishlab chiqarishga o‘tadi. Nokia bir vaqtlar mobil telefonlar sanoatida yetakchi bo‘lgan. 

Microsoft kompaniyasining Windows Phone qurilmalari bilan brendni qayta tiklashga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgach, 2016-yilda Nokia telefonlarini ishlab chiqarish huquqi HMD Global’ga o‘tgan edi. 

Endilikda HMD Global vaqtincha Nokia brendi ostidagi tugmali telefonlarni ishlab chiqarishda davom etadi, biroq tugmali telefonlar bozoridagi talabning kamligi bois, Nokia’ning bu segmentdagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda.