$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

yuridik

25-dekabr kuni Adliya vazirligi “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona to‘lovlari va yig‘imlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Nizomning asosiy maqsadi

Mazkur Nizom yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.

Imtiyozlarning taqsimlanishi

Tashkilotlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari quyidagicha taqdim etiladi:

-        soliqlar va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan;

-        boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti nazarda tutilmagan holda beriladi.

Mablag‘lar bo‘yicha hisobotlar

Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda, tashkilot tomonidan soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar hisoblanmaydi hamda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) va boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.

Soliqlar va bojxona imtiyozlari boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilganda, soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni hisoblash amalga oshiriladi.

Soliq va bojxona imtiyozlari har bir soliq, bojxona va yigʻim turi boʻyicha moliyaviy hisobotga izohlarda yoritib beriladi.

Теги :
Jamiyat