$
 12603.72
3.67
 13646.05
40.52
 143.21
0.04
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir yilda 1810 nafar fuqarolarimiz chet elliklar bilan oila qurgan

positive

Bir yilda 1810 nafar fuqarolarimiz chet elliklar bilan oila qurgan

MDH davlatlarida yashovchi chet elliklar bilan nikohning o‘ziyoq 1051 nafarni tashkil etgan.

2023-yil davomidagi nikohlar

2023-yil davomida O‘zbekistonning o‘zida chet elliklar bilan qayd etilgan nikohlar soni 1810 nafarni tashkil etib, bulardan 1051 nafar qismi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari fuqarolari bilan, qolgan 759 nafari esa boshqa xorijiy mamlakat fuqarolari bilan nikohlarni tashkil etgan.

So‘nggi 3 yilda 5 444 ta turmush

 Adliya vazirligi axborotiga ko‘ra, oxirgi uch yilda jami 5 444 nafar xorijliklar O‘zbekiston fuqarolari bilan oila qurgan.

1. 2022-yilda 1 521 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 593 tasi uzoq davlat fuqarolari bilan, qolgan 928 tasi MDH davlat fuqarolari bilan qayd etilgan.

2. 2021-yilda 2 113 ta chet el fuqarolari bilan nikoh shartnoma tuzilgan. Shundan 1 272 nafar o‘zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarolariga tur chiqqan va 937 nafar xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan qizlar O‘zbekistonga kelin bo‘lgan.

2021 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga asosan Tojikistonlik, Ozarbayjon, Rossiya federatsiyasi, Qozog‘iston qizlari kelin bo‘lgan. O‘zbekistonlik qizlar esa odatda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya va AQSH davlatlari fuqarolariga turmushga chiqadi.

Mazkur raqamlar faqat O‘zbekistonning o‘zida qayd etilgan raqamlar bo‘lib, chet ellarda O‘zbekistonliklar bilan tuzilgan nikoh shartnomalari soni bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Теги :
Жамият