$
 12838.33
-13.67
 13498.22
-70.92
 119.70
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda erta nikohlar soni kamaymoqda

nikoh

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti oilalar mustahkamligi, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatni oshirish, gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga oid turli uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, chop etish hamda targ‘ibot loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda samarali ish olib bormoqda.   

Testlar to‘plamidan tortib Ota-onalar universitetlarigacha

Institut tomonidan doimiy ravishda oilalardagi turli salbiy holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish borasida tavsiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar tayyorlanadi. Mahalla xotin-qizlar faollari ayni qo‘llanmalar asosida o‘z faoliyatini tashkil etadi. Institutda erta nikoh holatlarining oldini olish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, erta nikohning oldini olishga qaratilgan 3 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha bajarildi. Loyihalar natijasida erta turmushning oldini olishga qaratilgan 3 ta ijtimoiy rolik, 2 ta animatsion filmlar yaratildi. Ular respublika va hududiy ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi. 

Erta nikohlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari yuzasidan mahallalardagi “Ota-onalar universitetlari” uchun 9 ta, maktablar va professional ta’lim muassasalari uchun 7 ta, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari uchun 7 ta taqdimotlar tayyorlanib, amaliyotga tatbiq etildi. 

Maktab yoshidagi o‘quvchilarning huquqiy ongini o‘stirish bo‘yicha keyslar va testlar to‘plamidan umumta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari dars jarayonida foydalanishi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etildi. 

Ota-onalar uchun “Erta turmush – yetti o‘lchab, bir kesing” rukni ostida, yoshlar uchun “Erta turmush – barchaga tashvish” rukni ostida ilmiy-uslubiy qo‘llanma, “Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi birga kurashamiz” nomli ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi hamda “Kitoblar karvoni” loyihasi orqali barcha hududlarga yetkazildi. 

O‘quv va targ‘ibot materiallari

Erta nikohlarning oldini olish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalar, multimedia mahsulotlari, tarqatma materiallar 14 ta hududiy Oila va xotin-qizlar boshqarmalariga, 208 ta tuman, shahar bo‘limlariga, 185 ta yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlariga, yurtimizdagi 9 ming 370 ta mahallalarga jamoatchilik tuzilmalari va mahalla xodimlari tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borishda foydalanish uchun yetkazildi. 

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faollarining yig‘ilishlarida institut tomonidan yaratilgan multimedia mahsulotlarining namoyishi tashkillashtirildi va mahallalardagi “Ota-onalar universitetlari”ga hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlariga yetkazildi. 

“Mening oilam” mobil ilovasi

Institut tomonidan erta turmush va erta tug‘uruq qayd etilgan hududlardagi o‘zgarishlarni elektron tarzda kuzatuv xaritasi yaratildi. Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish maqsadida “Mening oilam” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Mazkur ilovaga 50 dan ortiq aholi uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlar, videorolik, buklet va flayerlar joylashtirilgan. Xulosa qilib aytganda, institut tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar barqaror rivojlanish milliy maqsad va vazifalarga erishish, shuningdek oila, xotin-qizlar va gender tenglikka oid xalqaro indeks va reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilmoqda.