Yangiliklar detoksi. Butun dunyoda yangiliklarga qiziqish pasaymoqda
Bunga sabab sifatida yangiliklarning negativligi, axborotning haddan tashqari ko‘pligi va manbalarga nisbatan ishonchsizlik ko‘rsatilmoqda.
3 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab odamlar orasida yangiliklarga bo‘lgan qiziqishning pasayishi kuzatilmoqda. Reuters jurnalistika instituti o‘tkazgan 2024-yilgi Raqamli Yangiliklar Hisobotiga ko‘ra, aksariyat foydalanuvchilar yangiliklarni qabul qilishdan voz kechayotganini bildirishgan. Bunga sabab sifatida yangiliklarning negativligi, axborotning haddan tashqari ko‘pligi va manbalarga nisbatan ishonchsizlik ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ko'plab onlayn platformalar orqali tarqalayotgan feyk xabarlar, dizinformatsiya ham ushbu jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Qisqa videolar davri boshlandi. Matnli yangiliklar “oʻyindan chiqyaptimi?”
Ushbu hisobot 47 ta davlatda o'tkazilgan so'rov natijalariga asoslangan. Tahlillarga tayanib aytish mumkinki, o’tgan yil ichida barcha mamlakatlarda Facebookdan yangiliklarni kuzatish maqsadida foydalanish 4 foizga kamaygan. Matnlarga qaraganda video formatdagi yangiliklar, ayniqsa, yosh avlod orasida yangilik qabul qilishning asosiy manbayi bo'lib xizmat qilmoqda. So'rovnoma qatnashchilarining uchdan ikki qismi (66%) har hafta qisqa formatdagi videolardan (reels, shorts kabi) yangilik olishda foydalanadi. Uzunroq videolar esa taxminan ishtirokchilarning yarmida (51%) qiziqish uyg’otadi. Yangiliklar videosini iste’mol qilishning asosiy manbayi ijtimoiy tarmoqlarda 72%, web-saytlarda esa atigi 22% ni tashkil etmoqda.
Matnli axborot qabul qilishda respondentlarning faqat beshdan biri (22%) yangilik veb-saytlari yoki ilovalarini onlayn yangiliklarning asosiy manbasi deb koʻrsatgan - bu 2018-yilga nisbatan 10% kam.
Internetdagi ishonchlilik
Internetda berib boriladigan yangiliklar haqiqiy yo soxta ekanligi haqidagi xavotir so’nggi bir yil ichida 3 foizga oshdi va ishtirokchilarning, taxminan, oltidan biri (59%) bu haqida tashvishlanishini bildirgan. Bu ko’rsatkich Janubiy Afrika (81%) va AQShda (72%) sezilarli darajada yuqori, har ikkala mamlakatda ham bu yil o'tkazilgan saylovlarning ta'siridir.
Yangiliklarga bo’lgan ishonch
(40%) o’tgan yil davomida barqaror bo’lib qoldi, lekin bu Koronavirus pandemiyasi davridagidan ko'ra to’rt pog’ona past. Finlandiya bu borada eng yuqori ishonch darajasiga ega mamlakat bo’lib qolmoqda (69%), Gretsiya (23%) va Vengriya (23%) esa eng past darajada.
Nega odamlar yangiliklardan uzoqlashmoqda?
Buning sababi faqat yangiliklarning tushkunlikka solishi emas, balki ularning haddan tashqari ko'pligidadir deyiladi maqolada. Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, odamlarning yangiliklar kun tartibidan uzoqlashish istagi Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Hisobotda aytilishicha, odamlarning yangiliklardan qochish istagi bu yil eng yuqori darajaga yetgan. Bir qator mamlakatlarda, jumladan, AQSHda saylov jarayonlari yangiliklarga qiziqishni oshirdi, biroq umumiy pasayish tendensiyasi barqarorligicha qolmoqda. 2017-yildan buyon dunyo miqyosida yangiliklarni juda yaqindan kuzatib boruvchi odamlar ulushi 63%dan 47%ga kamaydi. Britaniyada 2015-yildan beri yangiliklarga qiziqish deyarli ikki barobar kamaydi.. Bozorlar bo’ylab, xuddi shunday nisbati, taxminan to’rt kishidan biri (39%) hozirgi kunda yangiliklar miqdoridan “charchaganligini” aytadi, bu 2019-yildagi 28% dan oshgan bo’lib, yangiliklarda ko’pincha urushlar, falokatlar va siyosatga oidlariga eng ko'p urg'u berilishi asosiy omillardan biri. Yosh yoki ta’lim darajasiga ko’ra sezilarli farqlar mavjud emas, ammo ayollarning 43 foizi erkaklarga (34%) nisbatan yangiliklardan charchash haqida ko’proq shikoyat qilishadi.
Respondentlar izohi
So'rovnomada qatnashgan britaniyalik erkakning fikricha, “Internetda ma’lumotlar hajmi haddan ortiq. Urushlar haqida o'qiganimda, doim nochor qolaman, chunki men urush qurbonlariga yoki yangiliklarda keltiriladigan boshqa qurbonlarga yordam bera olmayman, shu sabab o'zimni aybdor va ojiz his qilaman.”
Boshqa bir AQShlik respondent esa yangilik detoks'i qilayotganini shunday izohlaydi: “Hozirda yangiliklar juda ko’p … ba’zilari soxta, ba’zilari haqiqiy, qay biriga ishonishni bilmay chalkashib ketaman va bu bosh og’rig’iga sabab bo’ladi.”



