$
 12037.21
43.68
 14071.50
17.48
 159.62
1.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka Bank OTP Group moliyaviy savodxonlikni o‘yin formatida targ‘ib qilmoqda

Ipotekabank

4-may kuni Toshkentdagi Zakovat Arena’da moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Tadbir Markaziy bank va Uzcard to‘lov tizimi tomonidan Global Money Week haftaligi doirasida tashkil qilindi. Ipoteka Bank OTP Group esa loyiha hamkori sifatida qatnashib, g‘oliblarni taqdirlashni qo‘llab-quvvatladi.

Moliyaviy bilimlar “Zakovat” formatida

O‘yin davomida ishtirokchilar shaxsiy moliya, jamg‘arma, kredit va raqamli moliyaviy xizmatlarga oid savollarga javob berdi. Jamoalar bilim va tezkor fikrlash bo‘yicha bellashdi. Tashkilotchilarga ko‘ra, loyiha yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni sodda va qiziqarli usulda targ‘ib qilishga qaratilgan.

G‘oliblarga sovrinlar

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar noutbuk, planshet va smartfonlar bilan taqdirlandi. Qolgan ishtirokchilarga esa smart-soatlar topshirildi. Taqdirlash marosimida Ipoteka Bank OTP Group HRD’si Venera Yerzina hamda bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Maksim Bikov ishtirok etdi.

“Moliya haqida sodda tilda gapirish muhim”

Ipoteka Bank OTP Group uchun ushbu loyiha yoshlar orasida moliyaviy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslardan biri bo‘ldi. Bank vakillariga ko‘ra, bunday formatlar moliyaviy bilimlarni yoshlar uchun yanada tushunarli va amaliy ko‘rinishda yetkazishga xizmat qiladi. “Zakovat” uslubi esa ishtirokchilarga pul boshqaruvi bo‘yicha bilimlarni jamoaviy o‘yin va real hayotiy misollar orqali o‘rganish imkonini beradi.

#GMW2026#GlobalMoneyWeek#SmartSafety#IpotekaBank

Reklama huquqlari asosida